Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Venada Avstriyaning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jabhasiga tadbiq etish istiqbollari muhokama qilindi


VЕNA, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Avstriya qishloq xo‘jalik klasteri (Austrian Agricultural Cluster - AAC) ijrochi direktori Xerman Vizer hamda «Bertschlaska» kompaniyasi ijrochi direktori Xubert Xakle bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Avstriyaning ilg‘or tajribasi va innovatsiya texnologiyalarini O‘zbekiston agrosanoat tarmog‘iga, shuningdek, eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasiga tadbiq etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Avstriya tomonini mamlakatimiz hukumati qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida hayotga tadbiq etayotgan keng qamrovli islohotlar bilan atroflicha tanishtirdi. Xususan, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasining asosiy jihatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda agrosanoat klasterlariga, yirik sarmoyaviy loyihalar hamda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga yer maydonlarini ajratish imkoniyatlari qayd etildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ preferensiyalar bosh tizimining benefitsiar mamlakati maqomiga ega bo‘lgani bois YEI bozorlariga 6 ming 200 turdagi mahsulotni bojxona to‘lovisiz eksport qilishi mumkinligi hisobga olingan holda mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Avstriyaga eksport qilish imkoniyatlari muhokama etildi. 
Muloqot chog‘ida qo‘shma malaka oshirish markazlarini hamda avstriyalik mutaxassis va o‘qituvchilarni jalb etgan holda respublika hududlarida malakali agronomlar tayyorlash bo‘yicha texnikumlarni tashkil etish, o‘qitishning innovatsion uslublaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. 
Avstriya tomoni o‘z mamlakatidagi agrar oliy o‘quv yurtlarida o‘zbekistonlik mutaxassislar (fermerlar maktablarining o‘qituvchilari) uchun chorvachilik hamda sut va go‘shtni qayta ishlash yo‘nalishlarida «Train-the-trainer» dasturini tashkil etish yuzasidan qiziqish bildirdi.
Bundan tashqari, fermerlik xo‘jaliklarini barpo etishdan tortib tayyor mahsulotni so‘nggi iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan «From farm to Fork» innovatsiya loyihalari doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvorliklari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Avstriya qishloq xo‘jalik klasteri mutaxassislarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. 
1999 yili asos solingan Avstriya qishloq xo‘jalik klasteri qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohalarida eng ilg‘or innovatsiya texnologiyalaridan qo‘llanadigan ishlab chiqaruvchilarning uyushmasidir.  
«BAUER Irrigations and Slurry Technology», «Bertsch-Laska», «Biomedica», «Titan Machinery» singari ko‘plab kompaniyalar Avstriya qishloq xo‘jalik klasterining a’zolari hisoblanadi.

Mavzuga oid

Xitoylik hamkorlar ishtirokida O‘zbekist...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston – Xitoy qishloq xo‘jaligi ilmi...

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonlik eksp...

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov ishlab chiqarilgan mahsulotlar importini rivojlantiris...

Rossiya bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy h...

S.Umurzoqov telekonferensiya aloqasi orqali Rossiya Federatsiyasi Hukumat rahbari o‘rinbos...

So`nggi yangiliklar