Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik hech qachon hozirgidek faol bo‘lmagan

BUDAPESHT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, yetakchi matbaa va elektron nashrlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifining borishi va yakunlarini batafsil yoritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


Jumladan, Vengriya hayoti va xalqaro yangiliklarni yoritib boradigan “Index” yangiliklar saytida eʼlon qilingan maqolada «3-4 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Yigirma yil avval Vengriyaga oxirgi marta oliy darajadagi tashrif amalga oshirilgan bo‘lib, bu tashrifning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi», deya taʼkidlanadi.

«O‘zbekiston Vengriyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, Vengriya hukumatining «Sharqqa ochilish» siyosatining bevosita natijasi sifatida munosabatlar jadal rivojlana boshladi», deb yozadi “#moszkvater” portali.

“Hir.tv” yangiliklar telekanalining veb-saytida ham O‘zbekiston yetakchisining tashrifi keng yoritildi. «Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida barqaror, istiqbolli sheriklik va do‘stlik munosabatlari mavjud bo‘lib, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan», deya taniqli siyosatchi, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyartoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Hir.tv” o‘zining onlayn sahifasida eʼlon qilingan maqolada.

Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi haqidagi yangiliklarni tezkorlik bilan yoritib borgan “BAON” portalida eʼlon qilingan materialda «Vengriya O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘ta muhim hamkor sifatida qaraydi. Hamkorlik siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va energetika nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega», deya qayd etiladi.

Vengriyaning MTVA jamoat teleradiokompaniyasining asosiy axborot dasturi - “Hirado.hu” tomonidan eʼlon qilingan materialda tashrif davomida Vengriya Prezidenti va Bosh vaziri bilan samarali muzokaralar o‘tkazilgani taʼkidlandi. «Tomonlar Vengriya-O‘zbekiston munosabatlarini har tomonlama strategik sheriklik asosida mustahkamlashning keyingi yo‘llarini har tomonlama ko‘rib chiqdilar», deb yozadi “Hirado.hu”.

“Metropol” axborot portali «Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik hech qachon hozirgidek faol va qizg‘in bo‘lmagani, bu borada Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi alohida ahamiyatga ega», deya Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bildirgan fikrlardan iqtibos keltiradi.

Vengriyaning “Gyorplusz.hu” yangiliklar portali ham O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan tahliliy maqolani eʼlon qildi. Unda «muzokaralar natijasida Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, adliya, ekologiya, sport va qishloq xo‘jaligi sohalarida rejalashtirilgan hamkorlikni o‘z ichiga olgan o‘n beshta kelishuv imzolangani» alohida taʼkidlangan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Rossiya sog‘liqni sa...

Kecha O‘zbekiston elchisi Bоtirjon Asadov Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko...

Misr tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bi...

O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchisi Mansurbek Qilichev Misr tashqi ishlar vazirining...

Elchi Tim Torlou: Orol dengizining qurib...

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlou «Dunyo» AA muxbiriga bergan intervy...

So`nggi yangiliklar