Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/Mart/2021   Dolzarb

Vengriyadan munosabat: Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi samimiy munosabat samarali hamkorlik uchun qulay muhit yaratmoqda


BUDAPEShT, 31 mart. /«Dunyo» AA/. Vengriyalik ekspertlar Bosh vazir Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi mulohazalarini bildirdi.

Yozef Kovach, Budapesht Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining a’zosi, «Hun-Bas Ltd» kompaniyasi rahbari:

- Biz shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik faol rivoj topmoqda.

Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi samimiy munosabat madaniyat, ilm-fan, iqtisodiyot va boshqa sohalarda samarali hamkorlik qilish uchun qulay muhit yaratmoqda. Bizning kompaniya ham Vengriyaning ko‘plab tadbirkorlari qatorida O‘zbekistonda loyihalash va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdik, ularni pandemiyadan so‘ng amalga oshira boshlaymiz. Bu jarayonda chorvachilik va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish loyihalariga alohida e’tibor bermoqdamiz.

Ushbu loyihalar mutaxassislar tayyorlash bilan ham chambarchas bog‘liq. Debretsen universiteti joriy yil kuzdan yosh mutaxassislarga tahsil berishga kirishadi. Ilmiy hamkorlik sohasida turli xil ekinlar yetishtirish va urug‘lar seleksiyasi bo‘yicha birgalikdagi ishlar amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Italiyadan munosabat: O‘zbekiston chuqur...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi sammitidagi so‘zlagan n...

Quvayt nashri: «Samarkand Half Marathon»...

Quvaytning ingliz tilidagi yetakchi yangiliklar portallaridan biri — «The Times»da joriy y...

O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari...

O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter xurujlariga qarshi kurashish bo‘yicha h...

So`nggi yangiliklar