Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Vengriyadan munosabat: Konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim jihati – inson, jamiyat va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik barpo etish maqsad qilinganidir

VENA, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga Vengriyaning Etvosh Loran universiteti professori, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha mutaxassis Gabor Hamzaning munosabatini eʼtiboringizga havola etamiz:


– Mening mutaxassisligim qiyosiy konstitutsiyaviy huquq bo‘lganligi uchun hozirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqishim juda baland.

Joriy yil 20 iyun kuni Urganch shahrida “Inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya ishida qatnashib, konstitutsiyaviy islohotlarning muhimligi va dolzarbligi bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni olgan edim.

Shanba kuni rasmiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shmmchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bilan tanishib chiqib, unga kiritish taklif etilayotgan yangi normalar uzoqni ko‘zlangan va keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘ldim.

Ushbu o‘zgartirishlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha, xususan davlatning atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi to‘g‘risidagi normaning kiritilishi dunyo hamjamiyatining ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan faoliyatiga O‘zbekiston ham o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘laganligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim jihati sifatida inson, jamiyat va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik barpo etish maqsad qilinganligini alohida eʼtirof etmoqchiman. Vengriyada 2012 yilda yangi Konstitutsiya qabul qilinganiga qaramasdan, bizda ham shunday islohotlarni o‘tkazishning payti keldi. Chunki Konstitutsiya qotib qolgan dogma emas, u doimiy ravishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarab zamon talablariga hamohang ravishda yangilanishi lozim. Aynan shu talablarni teran anglagan holda mamlakatingiz rahbari boshchiligida konstitutsiyaviy islohotlarning ilgari surilishi, maxsus komissiya tuzilib, xalqning o‘zidan takliflar olinib, qonun loyihasi holiga keltirilishi Yevropa, xususan, Sharqiy Yevropa davlatlari amaliyoti uchun ham yangilik hisoblanadi.

Mavzuga oid

BAAda ishlayotgan vatandoshimiz Bosh qom...

Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan vatandoshimiz Alisher Alikhan O‘zbekiston Konsti...

Malayziyadan munosabat: Inson manfaatlar...

Malayziyaning Osiyo-tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti raisi Parmjit Sin...

Polshadagi vatandosh: Konstitutsiyaviy i...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komi...

So`nggi yangiliklar