Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyul/2021   Sport

Vilnyus shahrida kurash bo‘ycha O‘zbekiston Prezidenti gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi

VILNYUS. 16-iyul, /“Dunyo/ AA. Joriy yil 11 iyul kuni Litva poytaxti Vilnyus shahrida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekistonning Litvadagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) Qadamboy Sultanov, O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Ravshan Dastirov, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komiljon Yusupov va Litva xalq kurashlari federatsiyasi vitse-prezidenti, Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Gintautes Vileytalar va boshqa martabali mehmonlar tashrif buyurdilar.


Musobaqa ishtirokchilarini qutlar ekan, Elchi Qadamboy Sultanov O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, kurashni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasining faxriy Prezidenti bo‘lgan O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy eʼtibori tufayli kurash rivojlanish tarixida yangi bosqich boshlanganini taʼkidlandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komiljon Yusupov pandemiyada davrida Yevropa davlatlari orasida birinchi bor Litvada tashkil etilgan mazkur turnir Yangi O‘zbekistonning kurashni ommalashtirish borasidagi
saʼy-harakatlarini yana bir yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini bildirdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada Latviya, Litva, Polsha, Ukraina, Armaniston, Germaniya, Rossiya va Belarusdan kelgan 20 nafarga yaqin polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqdilar. Barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha yetib kelgan Rossiya vakili Sultanmurod Goguyev va latviyalik Viktor Reskolar bosh sovrin uchun bellashdilar. Keskin kurashlar ostida o‘tgan final bahsida Rossiya vakili g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kurash bahslari Boltiqbo‘yi mamlakatlarining eng yirik OAV hisoblanmish “DELFI” tomonidan real vaqt rejimida efirga uzatib borildi.

Shuningdek, musobaqa mobaynida Boltiqbo‘yi mamlakatlarining mashhur telekanallaridan biri bo‘lgan “Prime Fight HD” rahbari Donatas Simonaitas bilan o‘zbek kurashini yana-da ommalashtirish borasida O‘zbekiston Kurash federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston para dzyudo bo‘yicha nufuzli...

Bu haqdagi tashabbus Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buy...

O‘zbekiston «ArMi – 2020» xalqaro armiya...

Joriy yilning 23 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkazilgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yi...

O‘zbekistonda Mudofaa vazirligi Oliy spo...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirlig...

So`nggi yangiliklar