Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Iyun/2020   Jamiyat

«WorldSkills Russia» O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatini kengaytirishga ko‘maklashadi


TOSHKENT, 12 iyun. /«Dunyo» AA/. «WorldSkills Russia» birlashmasi O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatining operatori hisoblanuvchi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manbasiga asoslanib.

Memorandum O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat hamkorligi birinchi bosqichining muvaffaqiyatli davomi bo‘ldi. Yangi ikki tomonlama hamkorlik mamlakatda harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi.

O‘zbekistondagi «WorldSkills» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, harakat uchun yosh kadrlar malakasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribalari va yangi imkoniyatlarini oshirgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim.

Shuningdek, «WorldSkills» ning tajribasiga muvofiq kasbiy va ta’lim standartlarini yangilash, milliy jamoalarning birgalikdagi mashg‘uloti va ikki davlatning «WorldSkills» xalqaro musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarligi kabi asosiy yo‘nalishlari qamrab olinadi.

Bundan tashqari, Rossiya 2021 yili Shanxayda kasbiy mahorat bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.

Mavzuga oid

Beeline Uzbekistan Jizzaxdagi maktabni z...

Kecha Jizzax shahrida IT-uskunalar bilan taʼminlangan informatika va axborot texnologiyala...

Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya pro...

O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvo...

Tojikistondan munosabat: Yangi O‘zbekist...

Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot fondi direktori, shoir Aliakbar Abdulloyev O‘zbe...

So`nggi yangiliklar