Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Xalqaro davra suhbati O‘zbekistonda kechayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlandi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/.  “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) hamkorligida “O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar: asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Taraqqiyot strategiyasi” markazining Axborot xizmatidan maʼlum qilinishicha, tadbirda Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi va Konstitutsiyaviy Komissiya aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, ANKASAM rahbariyati va yetakchi ekspertlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turkiyaning Ufuk universitetlari ilmiy doiralari vakillari hamda huquq, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi.

Xalqaro davra suhbatini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda ANKASAM direktori Mexmet Seyfettin Erol boshqardi.

Dastlab, Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori  Asosiy qonunga kiritilishi taklif etilayotgan tashabbuslar hamda qonun loyihasida aks ettirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to‘xtaldi.

Jumladan, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartishlar, birinchi navbatda, asosiy qonun darajasida inson huquqi va qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, uning ijtimoiy himoyasi va iqtisodiy farovonligi mustahkamlanadigan Yangi O‘zbekistonni qurilishiga qaratilganligi qayd etildi.

Shuningdek, Parlament aʼzolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining jamoatchilik muhokamalarining barcha bosqichlari hamda ushbu jarayonni tashkil etilishi bilan bog‘liq maʼlumotlar qayd etildi.

Shundan so‘ng, turkiyalik ekspert va mutaxassilarning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari tinglandi.

ANKASAM rahbari Mexmet Seyfettin Erol so‘nggi yillarda O‘zbekistonda, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani xususida to‘xtaldi.

– O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, shuningdek, boshqa ijobiy o‘zgarishlar rivojini halqaro hamjamiyatga yetkazishda “Taraqqiyot strategiyasi” hamda “ANKASAM” markazlari faol hamkorlikda ish olib bormoqda, - dedi u. - Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan tahliliy va axborot materiallari muntazam ravishda “ANKASAM” veb-saytida turk tilidagi tarjimasi bilan chop etib kelinmoqda. Bu esa Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali turk hamjamiyatini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lib borishini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Djem Karadeli, “Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) direktorining bosh maslahatchisi:

– O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining keyingi taraqqiyot yo‘li va maqsadlarini aniq belgilab, mamlakatda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirdi, hozirgi paytda esa mazkur jarayon yangi bosqichga ko‘tarildi.  Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining chuqur o‘ylangan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishi xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imdjini shakllantirdi.

Eng muhimi, islohotlarning markazida insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasi turgani bizni quvontiradi. Xususan, mamlakatda ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish, fuqarolik institutlarini rivojlantirish va so‘z erkinligini taʼminlash borasida muhim muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilganini eʼtirof etish lozim.

Nezaxat Demiray, Turkiyaning Ufuk universiteti dotsenti;

– Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zarurat hisoblanadi. Muhimi, ushbu o‘zgartirishlar jarayonida insonning shaʼni va qadr-qimmati tamoyiliga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xalqaro meʼyorlarga mos keladi. Konstitutsiyaviy tuzatishlar loyihasi umumxalq muhokamasiga kiritilishi, aholidan takliflar qabul qilinishi ijobiy holatdir.

Shu bilan birga, o‘lim jazosining Konstitutsiyaviy qonun darajasida bekor qilinishi, Konstitutsiyaviy o‘zgartishlar doirasida qabul qilingan islohotlarni yana-da kuchaytirish va kelgusida harakatga keltirish muhim sanaladi.

Emra Kaya Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi;

– O‘zbekiston Markazi Osiyodagi jadal rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Xususan, buni Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida ham kuzatish mumkin. Sababi O‘zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida aholining, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institularining faol ishtirok etayotganligi sezilmoqda.

Bu konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaatlaridan kelib chiqayotgani, jamiyatning keng qatlamlaridan takliflar olinayotgani dalolatidir. Shuningdek, «Inson – jamiyat – davlat» tamoyilining konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo‘yilishi davlatning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Davra suhbati yakunida ishtirok etgan turkiyalik ekspertlar O‘zbekistonda boshlangan islohotlarni amalda oshirishda hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini yana-da takomillashtirish yuzasidan doimiy ravishda fikr almashib, hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Mavzuga oid

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z m...

Xitoydan munosabat: O‘zbekistondagi islo...

Xitoydan munosabat: O‘zbekistondagi islohotlar diqqat markazida har bir insonning huquq va...

Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliy...

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi...

So`nggi yangiliklar