Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Ta'lim

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlar xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Davlat xizmatlari agentligi malumotiga tayanib.

 Bunda, imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021 yil 1 maydan boshlab kompensatsiya qilinishi boshlanadi.

CAE, DAF, JLPT, HSK va boshqalar bo‘yicha xarajatlar 2022 yil 1 yanvardan boshlab kompensatsiya qilinadi.

Ariza beruvchi imtihon topshirish vaqtida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin.

Ushbu davlat xizmati uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali murojaat qilinishi mumkin bo‘ladi.

Imtihon xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyalik talabalar orasida o‘zb...

Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar universitetida mazkur oliy o‘quv yurti professor-...

Xitoy elchixonasi Toshkent davlat sharq...

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) rahbariyati va Xitoy elchisi Szyan Yan...

O‘zbekiston maktabgacha taʼlim tizimiga ...

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Janubiy...

So`nggi yangiliklar