Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Avgust/2022   Hamkorlik

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston bank tizimini isloh qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda

TOSHKENT, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. Xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda “Turonbank”ni 2022-2025 yillar davomida transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Moliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan yildan boshlab Jahon banki guruhiga kiruvchi IFC bilan sherikchilik munosabatlari o‘rnatildi va hamkorlikning dastlabki bosqichida “Turonbank” faoliyati chuqur tahlil qilindi.

Joriy yilda boshlangan o‘zaro hamkorlikning navbatdagi ikkinchi bosqichi natijasida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda IFC ekspertlari tomonidan bankning joriy operatsiyalari, kreditlash jarayonlari, risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha batafsil baholash ishlari olib borildi, shuningdek moliyaviy institutning biznes jarayonlari har tomonlama puxta o‘rganildi va diagnostikadan o‘tkazildi.

Mazkur yo‘l xaritasida belgilangan rejalarni amalga oshirish maqsadida o‘tayotgan yilning 10 avgust kuni IFC bilan bank faoliyatini to‘liq transformatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi shartnoma imzolandi.

Aytish joizki, “Turonbank” va IFC o‘rtasidagi hamkorlikning davom etishi bankning xususiylashtirish jarayonlarini yana-da tezlashtirishga xizmat qiladi. Bu orqali esa mijozlar bazasini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini bir necha marotabaga yaxshilash, biznes vakillari uchun taklif etiladigan mahsulotlarning turlarini ko‘paytirish, ushbularning natijasida bankni agrosavdo va chakana xizmatlar yo‘nalishiga ixtisoslashgan yana-da rivojlangan tijorat moliya muassasasiga aylantirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

BAAdagi nufuzli xalqaro kompaniya O‘zbek...

Mamlakatimiz elchixonada “Capton energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘t...

Samarqand bilan Pusan shaharlari o‘rtasi...

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida hududlararo aloqalarni rivojlantirish rejasi d...

Seulda vatandoshimiz Viktor Anning etnik...

Janubiy Koreya Milliy folklor muzeyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik ...

So`nggi yangiliklar