Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Fevral/2020   Sport

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi


TOShKENT, 12 fevral. /«Dunyo» AA/. Shu kunlarda poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha oltinchi Xalqaro birdamlik musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqaning tashkil etilishi va bahslarni kuzatib borish uchun Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Ursula Papandrea Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.  

Ushbu turnir Tokio Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim etgani uchun ham xalqaro tashkilot rahbariyatining diqqat-e'tiborida bo‘lib turibdi.  

Ursula Papandrea, shuningdek, tashkilot Bosh kotibi Muhammad Jalud, vitse-prezidentlari Xose Kuinonos va Niku Vlad O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov bilan sportning ushbu turini yoshlar orasida yanada ommalashtirish masalalarini muhokama qildi. O‘z navbatida xalqaro tashkilotining amaldagi rahbari Toshkentda o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqa haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

—Avvalo, bizni mana shunday iliq qabul qilgani uchun o‘zbek xalqiga tashakkur bildiramiz. O‘zbekistonda sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida olib borilayotgan bunday g‘oyalarni men ham qo‘llab-quvvatlayman. Bu yoshlarning har tomonlama jismonan yetuk bo‘lib voyaga yetishishida katta ahamiyat kasb etadi. Og‘ir atletika O‘zbekistonda eng rivojlangan sport turlaridan ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik. O‘tkazilayotgan musobaqa ham juda yuqori saviyada tashkil etilganini alohida aytib o‘tmoqchiman. O‘zbekiston ilgari surayotgan tashabbuslar haqiqatda ajoyib. O‘ylaymanki, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, – dedi Ursula Papandrea.

Mavzuga oid

Osiyo suzish federatsiyasi bosh kotibi S...

O‘mon Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo suzish federatsiyasi bosh kotibi Taxa Al Kishri yur...

Oʼzbekistonda Olimpiya va Paralimpiya oʼ...

25 martdan boshlab Olimpiya sport turlari boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasi aʼzola...

«Samarkand Half Marathon» O‘zbekiston sp...

Samarqand shahrida «Samarkand Half Marathon 2020» doirasida shahar va klublar o‘rtasidagi ...

So`nggi yangiliklar