Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Dolzarb

Xalqaro reyting agentligi «O‘zbekgidroenergo» faoliyatini barqaror deya baholadi


TOShKENT, 22-oktabr. «Dunyo» AA/. «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchi bo‘lib «Fitch Ratings» xalqaro kredit reytingining «B+» (barqaror) darajasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur reyting darajasi «O‘zbekgidroenergo»ni dunyoning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobоtlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega birinchi O‘zbekistonning ishlab chiqaruvchi korxonasi sifatida tanitadi.

Ushbu natija kelgusida «O‘zbekgidroenergo»ning investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlari va investitsiyalarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, korxonaga kelgusida o‘z yevrobondlarini London fond birjasida joylashtirish imkonini taqdim etadi.

Mavzuga oid

BMT vakolatxonasi va “Zamin” fondi tomon...

BMTning ixtisoslashgan muassasalari «Zamin» xalqaro jamoat Fondining har yili 20-noyabrda ...

Loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha k...

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz hayotining qator sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar...

Ta’lim, madaniyat va sport sohasida iqti...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to...

So`nggi yangiliklar