Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Avgust/2020   Sport

Xanchjou – 2022 tashkiliy qo‘mitasi «Osiyo o‘yinlari nima?» mavzusidagi tanlov e’lon qildi


TOSHKENT, 25 avgust. /«Dunyo» AA/. Xanchjou – 2022 XIX Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarga bag‘ishlangan bolalar rasmlarining «Osiyo o‘yinlari nima?» mavzusidagi tanlovini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mazkur tanlovning maqsadi bolalarni sportga qiziqtirish va yosh rassomlar tasavvurlari hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishlariga ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, loyiha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarini ommalashtirishga yo‘naltirilgan.

Tanlov 6 yoshdan 8 yoshgacha va 9 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda har bir yosh toifasidagi birinchi-uchinchi o‘rinni egallagan bolalar va o‘smirlar Fuyan shahrida o‘tkaziladigan uch kunlik san’at ko‘rgazmasiga taklif qilinadi. Ular Osiyo o‘yinlarining ob’ektlari bilan ham tanishadi. Rasmlar XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan kitobda e’lon qilinadi.

Xanchjou – 2022 tashkiliy qo‘mitasi ushbu tanlovni Xitoy san’at akademiyasi, «Metropolis Express», Xanchjou kutubxonasi va rassomlar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari Gran Prix Zagreb O...

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha mavsumning ilk rasmiy musoba...

UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi...

Joriy yil 9-13 mart kunlari “UEFA Assist” tashkilotining xalqaro aloqalar boshqarmasi rahb...

«Samarkand Half Marathon» Nagoyada davom...

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi, «Nagoya-O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati, Aichi v...

So`nggi yangiliklar