Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Avgust/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Xelsinki shahrida O‘zbekiston va Finlyandiyaning tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

XELSINKI, 9 avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Qadambay Sultonov Xelsinki shahrida Finlyandiya Xalqaro munosabatlar institutining Yevroosiyo dasturlari direktori (FIIA) Arkadiy Moshes bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv davomida ikki mamlakatning tahliliy tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, amaliy masalalar, jumladan, o‘zaro hamkorlikning shakl va yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Arkadiy Moshes O‘zbekistonning tahliliy markazlari bilan amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. U so‘nggi yillarda Finlyandiyada Markaziy Osiyo tadqiqot yo‘nalishiga qiziqish tobora ortib borayotganini taʼkidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hamda Finlyandiyaning ekspert va tahliliy doiralari o‘rtasidagi bo‘lajak aloqalar jadvali ham muhokama qilindi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Isroil vakillari axborot ...

Mamlakatimizning Tel-Avivdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston innovatsion rivojlanish va...

O‘zbekiston elchisi AQSH vitse - prezide...

O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov AQSH vitse-prezidenti...

O‘zbekiston diplomatlari Moskva viloyati...

Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaat...

So`nggi yangiliklar