Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/May/2021   Siyosat

«Xitoy – Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qator qo‘shma qarorlar qabul qilindi


TOSHKENT, 12-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sian shahrida (XXR) «Xitoy – Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Uchrashuvda o‘zaro ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yana-da ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi faol muloqot o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da ilgari surish, barqaror ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladi, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Transport va kommunikatsiya, savdo, investitsiya, energetika, bojxona, turizm va taʼlim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy qilishning zarurligi taʼkidlandi.

Infratuzilma va multimodal yuk tashish sharoitlarini yaxshilash, Markaziy Osiyoning global transport koridorlari tizimiga integratsiyalashuvi uchun yana-da qulay imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston TIV rahbari mazkur muloqot shakli doirasidagi sheriklarni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari hududlari, ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da ilgari surish o‘zaro manfaatli sheriklikning mavjud salohiyatini amalga oshirishning muhim faktorlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Vazirlar afg‘on muammosini hal qilishga qaratilgan tinchlik muzokaralari jarayonini ilgari surish masalalari bo‘yicha fikr almashdi, Afg‘onistondagi vaziyatning tez muddatlarda barqarorlashuvi va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga umumiy qiziqish bildirdi.

Tadbir yakunida «Xitoy – Markaziy Osiyo» tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi shaklini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum, Afg‘oniston bo‘yicha, COVID-19 bilan kurashishda hamkorlik qilish va hududlararo hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor ...

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga...

O‘zbekiston Prezidentining mamlakat parl...

Xorijiy davlatlarning rasmiy, ishbilarmon va ekspert doiralari vakillari O‘zbekiston Respu...

So`nggi yangiliklar