Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2022   Fakt

Xitoy Everest cho‘qqisiga dunyodagi eng baland avtomatik meteostansiyani o‘rnatdi

TOSHKЕNT, 5-may. /«Dunyo» AA/. Kecha Xitoy tadqiqotchilari Jomorlungma tog‘i (Everest) cho‘qqisiga, Xitoy-Nepal chegarasidagi 8800 metrdan ziyodroq balandlikka meteorologiya monitoringi avtomatik stansiyasini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi ma’lumotlariga tayangan holda. 


Agentlikning yozishicha, XXR Fanlar akademiyasi huzuridagi Sinxay-Tibet tog‘ tadqiqotlari instituti tomonidan ma’lum qilinishicha, bundan oldinga rekord natija 2019 yili tog‘ning janubiy qismidagi 8430 metr balandlikda Britaniya va Amerika olimlari tomonidan o‘rnatilgan stansiyaga tegishli bo‘lgan. 

«Dunyodagi eng balan cho‘qqiga 8 ta meteorologiya stansiyasini o‘rnatish xitoylik olimlar oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri edi. Ularning uchtasi o‘tgan yili o‘rnatilgandi, joriy yili ularga yana beshta stansiya qo‘shildi”, deb yozadi «Sinxua» axborot agentligi. 

Mazkur stansiyalarning meteorologiya monitoringi ma’lumotlari ilmiy tadqiqotlar va alpinistlar faoliyatiga ko‘maklashmog‘i lozim bo‘ladi. 

«Sinxua» AA surati.

Mavzuga oid

Toshkentda Markaziy Osiyoda Oziq-ovqat t...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid X...

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Akade...

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xori...

Xorijiy mamalakatlarda O‘zbekiston tarix...

Hozirgi kunda O‘zbekistonda osori-atiqalar bo‘yicha to‘plangan maʼlumotlarning ilmiy tavsi...

So`nggi yangiliklar