Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Xitoy OAV O‘zbekiston transport sohasidagi islohotlar haqida

PЕKIN, 30 sentyabr. /«Dunyo» AA/. Xitoyning yetakchi «Jenmin jibao» gazetasi va  «Sinxua» axborot agentligining internet sahifalarida O‘zbekistonda transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan  turkum maqolalar e’lon qilindi, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri Muzaffar Komilov.


Nashrlar O‘zbekiston Prezidenti ishtirokida mamlakatda transport sohasida islohotlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat rahbari ushbu jabhadagi o‘zgarishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berganini xabar qilgan. «Bu soha – iqtisodiyotning qon tomiri. Transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlay olmaymiz», deya  Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi manbalar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l tranziti imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, fuqaro aviatsiyasini qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuk tashish uchun zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish, temir yo‘l transporti yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tranzit yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish kabi vazifalarni belgilab berdi, deyiladi nashrlarda.

Maqolada davlatimiz rahbari Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport bo‘yicha alohida guruh tashkil etish va bu sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ham topshiriq bergani ma’lum qilingan. Transport infratuzilmasini kengaytirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha yana ko‘plab vazifalar belgilab olindi.

«Umuman olganda, aviatashuvlar bozorining liberallashuvi natijasida so‘nggi uch yilda O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar soni ikki baravar ko‘paydi. Xalqaro avtomobil transportida yuk tashish hajmida mahalliy tashuvchilarning ulushi 62 foizga yetdi», deb yozadi Xitoy OAV.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat...

Saudiya Arabistonining Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosa...

«Arab News» gazetasi O‘zbekiston tashqi ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov «Arab News» gazetasi muxbiri b...

O‘mon matbaa nashri O‘zbekistonning SHH...

O‘mon Sultonligining yetakchi «Asdaa Oman» gazetasi veb-sahifasida O‘zbekistonning 2022 yi...

So`nggi yangiliklar