Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari ovoz berish huquqidan foydalanishda faollik ko‘rsatmoqda


PЕKIN, 24-oktabr. /«Dunyo» AA/. 14-Toshkent shahar saylov okrugiga qarashli Pekindagi 48-saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ovoz berish jarayonlari saylov qonunchiligi talablari va pandemiya sharoitidagi sanitariya-epidemiologiya nazorati chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilingan holda mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Vatandoshlarga saylov uchastkasiga kelishi bilanoq yana bir bor koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida shaxsiy gigiyenaga amal qilishi lozimligi yetkazilib, tana haroratlari o‘lchanmoqda va zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.

Shuningdek, fuqarolarimizga ovoz berish binosiga kirishda ijtimoiy masofani saqlash; saylovga tashrif va ovoz berish chog‘ida niqob taqish, bir martalik qo‘lqop kiyish qoidasiga qat’iy amal qilish hamda  caylovning yashirin ovoz berish tamoyilini saqlagan holda ovoz berib bo‘lgach saylov byulletenni suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik tushuntirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Xitoydagi mavjud karantin chora-tadbirlariga qaramasdan, fuqarolarimizda o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz berish orqali mamlakat taraqqiyotiga o‘z ovozi, xohish-irodasi bilan hissa qo‘shish istagi yuqori ekani namoyon bo‘lmoqda.

Bu yilgi saylov jarayonlarining yana bir e’tiborga molik tomoni O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi, Shanxay va Guanchjou shaharlaridagi Bosh konsulxonalarida umumiy hisobda ovoz beruvchilar soni 584 nafar tashkil etgan bo‘lsa, ulardan 78 nafari 14-20 oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishda qatnashdi.

Bugun saylovning asosiy kunida mahalliy vaqt bilan ertalab 8:00 dan 14:00ga qadar 303 nafar saylovchilarimiz o‘z siyosiy huquqidan faol foydalandi.

Mavzuga oid

Sibir federal okrugi hududida yashovchi ...

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Omsk viloyatidagi “Lima...

Polshada tadbirkorlik bilan shug‘ullanay...

Mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasida Polshada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul...

O‘zbekistondagi saylovlar Latviya ommavi...

Latviyaning «Press.lv» yangiliklar portalida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlan...

So`nggi yangiliklar