Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Xitoydagi vatandosh: Konstitutsiyada xususiy mulkning ishonchli kafolati va himoyasi belgilab qo‘yilishi O‘zbekistonda tadbirkorlik taraqqiyoti va xorijiy investorlar sonining oshishiga asos bo‘ladi

 SHANXAY, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Shanxay shahrida «Adidas Group» kompaniyasi xodimi, vatandoshimiz Farida Karimova “Dunyo” AA uchun itervyusida mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy jarayon- Konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikrlarini bayon qildi.


-Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha bildirgan takliflari  respublikamiz hayotini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

 Davlatimiz rivojlanib borgani sari Konstitutsiyani ham takomillashtirib, demokratik tamoyillarga moslab borish zaruriyati tug‘ilmoqda. Bu borada berilgan takliflarga sinchkovlik bilan eʼtibor berilsa, ularning xalq va davlat rivoji uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rish mumkin.

 Hech kimga sir emas, oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda “snos” va ko‘chmas mulk masalalari bo‘yicha turli tortishuvlar yuzaga kelgandi. Prezidentimizning ushbu  muhim masala yuzasidan bergan takliflari va uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilanishi o‘z vaqtida bo‘ldi.

 Bundan tashqari, O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb qilish borasida ham jadal ishlar olib borilayotgani butun dunyoga maʼlum. Konstitutsiyada xususiy mulkning ishonchli kafolatlari va himoyasi belgilab qo‘yilishi O‘zbekistonda tadbirkorlik yana-da rivojlanishiga hamda xorijdan investorlar sonining oshishiga asos bo‘ladi.

 Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, «katta-kichikligidan qatʼiy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekani va, rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib o‘rnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasligi kerak».

O‘zbekiston Respublikamizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar tez orada xalqimiz va davlatimiz rivojida o‘z ifodasini topadi, deb ishonamiz.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: Konsti...

Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan buxoriylar diasporasi vakili Sodiq Abdurashid O‘...

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

«El Mundo Finanaciero» axborot agentligi bosh muharriri Xose Luis Barcelo mamlakatimizda ...

Nyu-Yorkda O‘zbekistonning konstitutsiya...

Nyu-Yorkdagi AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi binosida O‘zbekistonning konstitu...

So`nggi yangiliklar