Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi

GUANCHJOU, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Jiangxi  moliya-iqtisod universiteti professori Albert Tam “Dunyo” AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi.


– Har doimgidek O‘zbekiston Prezidentining g‘ayrati va tashabbusi eʼtirofga loyiq bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning tashriflarini kuzatar ekanman, O‘zbekiston rahbari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish barobarida xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratayotganiga guvoh bo‘laman.

Taʼkidlash joizki, Vengriya O‘zbekistonning ulkan salohiyatini ko‘rib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi va bularning barchasi O‘zbekistonning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari eʼtirof etilganidan yana bir bor dalolat beradi.

Tashrif chog‘ida imzolangan hujjatlar, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, jismoniy tarbiya va sport, ilm-fanni rivojlantirishga oid dastur va rejalar, ularni amaliy hayotga tatbiq etish ikki mamlakat xalqlari farovonligiga xizmat qilishiga ishonaman.

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarni bos...

Kecha videokonferensiya shaklida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi ch...

O‘zbekiston va AQSh xotin-qizlar, tinchl...

Juma kuni O‘zbekiston va AQShning xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risidagi qo‘sh...

O‘zbekiston va Hindiston oliy taʼlim mua...

Elchi Dilshod Ahatov Hindistonning Panjob shtati Ludianada joylashgan “PCTE Group of Insti...

So`nggi yangiliklar