Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyul/2022   Izohlar

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini namoyish etmoqda

PEKIN, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori Sayid Shakil Shax “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan maʼqullangan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


– Mazkur rezolyutsiya barqaror rivojlanishning dolzarb vazifalarini hal etish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi maqsadlarga erishish yo‘lidagi navbatdagi katta qadam bo‘ldi. O‘zbekiston bu jarayonlarning asosiy ishtirokchisi sifatida ularni hal etish yo‘llariga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda.

Respublika ushbu maxsus rezolyutsiya tashabbuskori sifatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini namoyish etmoqda. Rasmiy Toshkent tomonidan so‘nggi yillarda ilgari surilgan barcha xalqaro tashabbuslar jahon hamjamiyatining munosib qo‘llab-quvvatlashiga erishib, O‘zbekistonni mintaqaviy va global kun tartibining jiddiy hamda masʼuliyatli ishtirokchisi sifatida namoyon etmoqda.

Menimcha, hujjatning dolzarbligi, xususan, quyidagi omillar bilan bog‘liq:

Birinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida dengizga chiqish yo‘li yo‘q. Hujjatda Vena deklaratsiyasi va uning 2014-2024 yillarga mo‘ljallangan dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun harakat dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar hamda ularning noyob transport, tranzit va sarmoyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, savdo samaradorligini oshirish uchun transport va tranzit yo‘laklarining muhim ahamiyati taʼkidlangan.

Ikkinchidan, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyoti pandemiya, shuningdek, beqaror xalqaro muhit sabab bo‘lgan jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Bu omillar rivojlanayotgan mamlakatlarga katta taʼsir ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan, hujjatda kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, transport infratuzilmasini kengaytirish va dengiz portlariga olib boradigan qulay, barqaror va xavfsiz yo‘laklarni ochadigan yangi xalqaro transport yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning asosiy qoidalari o‘z aksini topgani eʼtiborga molik.

Ishonchim komilki, mazkur rezolyutsiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi, mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya muammolarini hal etishga xizmat qiladi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga katta hissa qo‘shadi.

 

 

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini namoyish etmoqda

Sayid Shakil Shax, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori

 

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: Markaziy va Janub...

“Art et Traditions Populaires Salmorenc” uyushmasi (Fransiya) bosh direktori Nikolya Sharl...

Hamkorlikning barcha sohalari xalq diplo...

Yevroosiyo xalqlari assambleyasi bosh kotibining birinchi o‘rinbosari – Bosh kotibiyat rah...

Malayziyadan munosabat: BMT Bosh Assambl...

Malayya universitetining Xalqaro va strategik tadqiqotlar kafedrasi professori Roy Entoni ...

So`nggi yangiliklar