Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Aprel/2021   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti va Xitoy Raisi o‘rtasidagi telefon muloqoti ikki davlat hamkorligi izchil rivojlanayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi


PEKIN, 30 aprel. /«Dunyo» AA/. Xitoy ekspert doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xususan, Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori Din Syaosin davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganini ta’kidladi.

- Rahbarlar mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, -dedi u. - Xitoy rahbariyati o‘zaro munosabatlarning rivojlanish dinamikasini ijobiy baholaydi. So‘nggi yil davomida keng qamrovli strategik hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

Rasmiy Pekin O‘zbekiston rahbarining Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha siyosatini yuqori baholaydi. Xitoy tomonining fikricha, O‘zbekiston nafaqat Afg‘oniston muammosini siyosiy hal yetishda muhim konstruktiv rol o‘ynamoqda, balki ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham faol hissa qo‘shmoqda. Shu munosabat bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik Xitoy uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining Xalqaro masalalar akademiyasi Yevrosiyo instituti direktori Li Szigo so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat jihatdan yangi mazmun kasb etayotganini ta’kidladi.

- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi telefon orqali muloqot buning yaqqol dalili bo‘ldi, - dedi u. - Covid-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan to‘siqlarga qaramasdan, 2020 yilda qo‘shma sa’y-harakatlar samarasida Xitoy va O‘zbekiston hamkorligining ko‘plab sohalarida izchil rivojlanishni ta’minlashga erishildi. Yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, emlash va sog‘liqni saqlash, kambag‘allikka qarshi kurashish kabi sohalarda samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda olib borayotgan xalqaro transport va kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiyalashuvga qaratilgan faol siyosati Rais Si Szinpinning mintaqalararo aloqani mustahkamlash bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy maqsadlari bilan uyg‘undir.

Xitoylik ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti va Xitoy Raisi o‘rtasidagi telefon muloqoti ikki davlat hamkorligi izchil taraqqiy etayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mavzuga oid

Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi ...

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yashil taraqqiyot va barqaror ...

Yevropadan nigoh: Orol dengizi mintaqasi...

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan...

Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari soha...

Turkiya keng siyosiy va jamoatchilik doiralari vakillari mamlakatimizning BMT Inson huquql...

So`nggi yangiliklar