Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2021   Vatandoshlarimiz

Xitoydan munosabat: O‘zbekistonimiz ravnaqiga hissa qo‘shish, Vatanimiz bilan doimo hamnafas bo‘lish bizlarning burchimizdir


 PEKIN, 1 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Xitoy Xalq Respublikasida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz vakillari “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyulari chog‘ida yaqinda davlatimiz rahbari tashabbuskorligida tuzilgan “Vatandoshlar” jamoat fondi faoliyati yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Dildora Ismailova, Pekin tillar va adabiyot universitetining oliy tarjimonlik fakulteti magistratura bosqichi talabasi, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibasi:

-  “Vatan” har bir inson uchun eng muqaddas va eng qadrli dargohdir.

“Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining zamirida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yana-da jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish g‘oyasi yotadi.

Biz singari chet ellarda yashab turgan o‘zbekistonliklarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularni birlashtirish ushbu tashkilotning asosiy maqsadi ekanligi ayni muddaodir.  

Qayerda va qaysi sohada faoliyat yuritmaylik, erishayotgan kattayu - kichik muvaffaqiyatlarimizni O‘zbekistonimiz ravnaqi bilan uyg‘unlashtirish, uning taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish, vatanimiz bilan hamnafas bo‘lish bizlarning burchimiz, deb bilaman.

 Taʼkidlash joizki, so‘ngi yillarda xorijda yashaydigan vatandoshlar milliy maʼnaviyatimiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, milliy taomlarimiz, adabiyotimiz va sanʼatimizni butun dunyoga namoyon etmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning farmonlariga muvofiq chet ellarda yashayotgan, ishlayotgan ko‘plab vatandoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Ular orasida o‘zim ham borligimdan cheksiz faxrlanaman. Xitoy Xalq Respublikasida adabiyot yo‘nalishidagi faoliyatim uchun ushbu mukofotga loyiq topilganimdan behad baxtiyorman.

Mavzuga oid

Malayziyadagi vatandoshlar o‘zbek tilini...

Malayziyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida bugun 21 oktyabr - O‘zbek tili b...

Germaniyadan munosabat: «Vatandoshlar» j...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Vatandoshlar» jamoat fondini t...

Mamlakatimiz elchisi Janubiy Koreyada ta...

Mamlakatimiz elchisi Vitaliy Fen, o‘zbekistonlik bir guruh talaba yoshlar, O‘zbekiston yos...

So`nggi yangiliklar