Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekistonning BRIKS Oliy o‘quv yurtlari ligasidagi ishtiroki muloqotning taʼlim kun tartibini yana-da boyitadi

PEKIN, 26-iyun. /“Dunyo” AA/.  Xitoy ijtimoiy-siyosiy va ekspert doiralari vakillari «Dunyo» AA uchun intervyularida Prezident Shavkat Mirziyoyevning «BRIKS plyus» sammitidagi nutqida ilgari surilgan dolzarb masalalarni eʼtirof etdi.


Chjan Chjifen, Sindao universitetining Xalqaro strategik iqtisodiyot instituti direktori:

-Men O‘zbekiston Prezidentining inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor bermasdan inklyuziv o‘sish mumkin emasligi haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlayman. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Universitetlar ligasi va Tarmoqli universitet kabi BRIKS dasturlarida ishtirok etishdan manfaatdor ekanligi diqqatga sazovordir. Ishonchim komilki, O‘zbekistonning ushbu formatdagi ishtiroki BRIKS muloqotining taʼlim kun tartibini yana-da boyitadi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda taʼlim sohasidagi islohotlar har tomonlama taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Bu yangi O‘zbekistonda inson kapitali va taʼlim resurslarini oshirishga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.

Umuman olganda, O‘zbekiston rahbari xalqaro forumlarda aniq takliflar bilan so‘zga chiqib, taʼlim va inson kapitalini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda. Darhaqiqat, barqaror rivojlanishning markazida aynan inson kapitali masalasi yotadi, ularsiz barqaror rivojlanish haqida gapirish mumkin emas.

Universitetimiz taʼlim dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston taʼlim muassasalari bilan yaqindan ishlashga tayyor, shu jumladan «BRIKS plyus» doirasida.

Chjan Sinzi, Guandun xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlik ittifoqining MDH mamlakatlari  bo‘yicha vitse-prezidenti:

-Avvalo, O‘zbekistonni «BRIKS plyus» formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotda muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan tabriklayman. Unda O‘zbekiston rahbari bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ular, albatta, BRIKS mamlakatlari va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishni rag‘batlantirishda muhim rolm o‘ynaydi.

Guandun xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlik ittifoqi O‘zbekiston bilan taʼlim, texnologik, innovatsion va tijorat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor.

Ishonchim komilki, O‘zbekistonning muloqot doirasidagi yangi xalqaro hamkorligi Xitoy va «BRIKS plyus» mamlakatlari bilan transchegaraviy savdo uchun yangi platformani shakllantirishni mustahkamlaydi.

O‘zbekiston bilan taʼlim va inson kapitalini rivojlantirish sohasida yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdormiz.

Mavzuga oid

2020 yilda ITB va uning shoʻba korxonala...

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani doirasida rej...

O‘zbekistonning Afg‘onistonga insonparva...

Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan “Salamwatandar” elektron nashrida «O‘zbekiston va Afg‘...

Latviya axborot agentligi O‘zbekistonnin...

Bugun Latviyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri - «LETA» axborot agentligi i...

So`nggi yangiliklar