Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi faol o‘rni savdo, sarmoya, xavfsizlik sohalarida hamkorlikni sifat jihatidan rivojlantirishga xizmat qilmoqda

PEKIN, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoy ekspert doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” sammitidagi nutqi yuzasidan “Dunyo” axborot agentligiga o‘z fikrlarini so‘zlab berdi.


Deng Xao, Shanxay hamkorlik tashkilotini o‘rganish markazi bosh kotibi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” shaklida bo‘lib o‘tgan Global rivojlanish masalalari bo‘yicha yuqori darajali muloqotdagi ishtiroki muhim voqea bo‘ldi hamda Xitoydagi ekspert va tahlil doiralari, jumladan, Markazimiz vakillarining alohida eʼtiborini tortdi.

O‘zbekiston Prezidenti nutqining mazmunini diqqat bilan o‘rganib chiqdim. Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan BRIKS va SHHT o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus o‘zaro munosabatlar maydonini kengaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. SHHT va BRIKSning hamkorlikning ustuvor masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalari yangi imkoniyatlar ochadi, xususan, savdo-iqtisodiy jarayonlar va sarmoya oqimini rag‘batlantirishi mumkin.

Toshkent va Pekin o‘rtasidagi ko‘p tomonlama formatlar, jumladan, “BRIKS plyus” mexanizmi doirasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish O‘zbekiston tashqi siyosatida mutanosib, muvozanatli va pragmatik yondashuvni taʼminlashning mantiqiy davomi va muhim omilidir.

Li Szigo, Xitoy Xalqaro aloqalar akademiyasining Yevroosiyo tadqiqotlari bo‘yicha direktori:

– “BRIKS plyus” sammiti BRIKSga aʼzo davlatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarning ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash istagini namoyish etdi. O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi faol o‘rni, shubhasiz, BRIKSga aʼzo davlatlar va oliy darajadagi muloqotning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida savdo, sarmoya, xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni sifat jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda xalqaro siyosiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskinlashib bormoqda, mahalliy mojarolar va beqarorlik xavfi ortmoqda. Iqtisodiy globallashuv jarayoni jiddiy muammolarga duch keldi, savdo proteksionizmi kuchaydi, mintaqaviy mojarolar xavfi ortdi.

Shu nuqtai nazardan, BRIKS mamlakatlari va O‘zbekiston raislik qilayotgan SHHT xalqaro hamkorlikning muhim ishtirokchilari sifatida dunyodagi tinchlik, ochiqlik, inklyuzivlik va taraqqiyotni saqlashda yana-da faolroq rol o‘ynashi kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning savdo-iqtisodiy aloqalarni jonlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish, eng avvalo, to‘siqlarni bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika zanjirlarini yaratish, sanoat kooperatsiyasi loyihalariga sarmoyalar jalb etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika tarmoqlarini yaratish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, texnologiyalarni uzatish va innovatsiyalarni joriy etish, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va biotexnologiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga doir tashabbuslari katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Raqamlashtirishni rivojlantirish tashabbusi ham eʼtiborga loyiq. Bu “BRIKS plyus” formati doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning muhim dvigateli sifatida qaralmoqda. Pandemiya va savdo aloqalarini jonlantirish zarurati sharoitida barcha tomonlar elektron tijorat, onlayn-savdo, yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi va eksportini kengaytirish, 5G va katta maʼlumotlar sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishi kerak.

 

 

Mavzuga oid

Seuldan munosabat: O‘zbekiston Prezident...

«Myung Sung Placon» kompaniyasi prezidenti Jong Yong Xun “Dunyo” axborot agentligiga O‘zbe...

Xitoydan munosabat: Pekin va Toshkent ko...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtiro...

Janubiy Koreyada «Vatan madhiyasi – faxr...

O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilinganining 29 yilligi mamlakatimizning barcha hududl...

So`nggi yangiliklar