Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Sanalar

Xitoydan munosabat: Yoshlarga eʼtibor ularni Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga undaydi

PEKIN, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Xitoy vakillari O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Yanmey Chju, Xitoyning «BGI Group»,  kompaniyasi vitse-prezidenti:

- Avvalo, O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabriklayman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosati, har tomonlama rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash, iqtidorlilarni izlab topish, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarni ish bilan taʼminlash muammolarini hal etish, xalqaro almashinuv va ochiq hamkorlikni rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratayotgani diqqatga sazovordir.

So‘nggi yillarda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi va boshqalar tashkil etildi.

Shuni taʼkidlash kerakki, har qanday mamlakat uchun yoshlar doimo uning kelajagini anglatadi. Demak, O‘zbekiston yoshlari olg‘a intilishi, yangi bilim va tajriba orttirishi, malakasini oshirishi, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi lozim.

Xitoyning yirik kompaniyasi rahbari sifatida shuni aytishim mumkinki, kompaniyamiz biz bilan yangi texnologiyalarni o‘rganishga, hayot ilmi va texnologiyasini odamlar manfaati yo‘lida targ‘ib qilishga va kelajakka birgalikda qarashga tayyor O‘zbekiston yoshlarini chin dildan qutlaydi.

Chjan Xonpin, «Sinszyan Osiyo-Yevropa xalqaro savdo markazi» raisi:

 - Kuchli va har tomonlama rivojlangan yoshlar har qanday davlatning farovon kelajagining garovidir.

O‘zbekistonda har yili 30 iyun - Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanishi respublika rahbariyatining yosh avlodga - o‘zbek xalqi va davlatchiligi kelajagiga bo‘lgan yuksak eʼtiboridan dalolat beradi.

Bayram arafasida O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning 70 dan ortiq faol va tashabbuskor yosh avlod vakillarini «Kelajak bunyodkori» medali va «Mard o‘g‘lon» mukofoti bilan taqdirladi.

Bu yoshlarni jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini his etishga, yana-da yaxshi kelajak yaratish va Vatan ravnaqiga, Yangi O‘zbekiston qurish va uning xalqaro nufuzini oshirishga salmoqli hissa qo‘shishga fidokorona hamda mardonavor intilishga undaydi.

Bizning kompaniyamiz Xitoydagi o‘zbek tadbirkorlarining azaliy hamkori sifatida O‘zbekistonda Prezident rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Mavzuga oid

Yekaterinburgda O‘zbekiston Respublikasi...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasida Yekaterinburg shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsi...

Saudiya Arabistonida xam Navro‘z bayrami...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi tomonidan ushbu davlatda akkreditatsiy...

Italiyadagi yurtdoshimiz: O‘zbekiston ko...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan Italiyanin...

So`nggi yangiliklar