Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Xorazm va Buyuk Britaniya tadbirkorlari investitsiya va eksport yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


LONDON, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi tomonidan Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi «Perfect Logistics» kompaniyasi asoschisi Muhammadjon Abdilimov va Buyuk Britaniyaning «AKS Service Group» kompaniyasi bosh direktori Vais Kais o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi. Tadbirda, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Perfect Logistics» rahbari faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning hozirgi holati va istiqbollari, muzlatish usulida quritish texnologiyasi yordamida taʼm va hidni o‘zgartirmasdan mevalarning foydali xususiyatlarini saqlash bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, britaniyalik tadbirkorga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni birgalikda tashkil etish sohasidagi mavjud investitsiya imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Onlayn-tadbirda investitsiya va eksport sohalarida hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

2017 yilda tashkil etilgan «AKS Service Group» kompaniyasi meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji sotish va qishloq xo‘jaligi sohasida konsalting xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan. 2019 yilda kompaniya O‘zbekiston gilosining birinchi partiyasini Buyuk Britaniyaga import qilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkmaniston: o‘zaro hamk...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari − investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ...

YETTB eksperti: O‘zbekiston haqiqatan ha...

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Markaziy Osiyo mintaqasida koronavirusdan ...

O‘zbekiston pandemiya sharoitiga qaramay...

Iqtisodiy diplomatiya doirasida O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi xodimlari Turkiyani...

So`nggi yangiliklar