Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Dekabr/2021   Eksport

Xorazmda o‘zbek diplomatlari Beniluks davlatlari va AQSHga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirish masalalarini muhokama qildi

URGANCH, 17-dekabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov va AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov kecha Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi “Red Star Oxus” kompaniyasining issiqxona majmuasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Red Star Oxus” kompaniyasi asoschisi Davlat Aminovning aytishicha, issiqxonaning umumiy maydoni 6 gektar bo‘lib, shundan 0,5 gektari qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining yangi navlarini yetishtirish uchun ko‘chatxona hisoblanadi. Kelgusida issiqxona maydonini 12 gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Hosildorlik gektariga 700 tonnani tashkil etadi.

Issiqxona Gollandiya texnologiyasi (5-avlod) asosida qurilgan. Bu yerda pomidor, bodring, salat, baqlajon, bulg‘or qalampiri yetishtiriladi. Kelgusida kornishon yetishtirish va uni asrash rejalashtirilgan. Mavjud «GlobalGAP» sertifikati sabzavotlarni Yevropa mamlakatlariga eksport qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, majmua Gollandiyaning “KUBO” kompaniyasining barcha eng yangi texnologiyalarini, jumladan, kiruvchi sug‘orish suvini filtrlovchi suvni tozalash tizimini o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari, issiqxonani qurishda mamlakatimizning keskin kontinental iqlimi hisobga olindi. Loyihaning amalga oshirilishi tufayli 80 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.

Tanishuv jarayonida Beniluks mamlakatlari va AQSH bozorlariga «Red Star Oxus» mahsulotlarini eksport qilishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, Beniluks davlatlari va AQSHdan import qiluvchilarni qidirishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston to‘rt oyda qancha meva va sa...

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida qiymati ...

ITSVda Toshkent tumanlarining ijtimioy-i...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid X...

Joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston qovun...

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 22,1 million dollarlik 80,6 ming tonna qovun v...

So`nggi yangiliklar