Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2021   Madaniyat

Xorijdagi vatandoshlar farzandlari o‘rtasida «O‘zbekiston madaniy merosi» nomli fotosuratlar tanlovi eʼlon qilindi


TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xorijdagi vatandoshlar farzandlari uchun «O‘zbekiston madaniy merosi» nomli fotosuratlar onlayn-tanlovini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tanlov O‘zbekiston Tashqi ishlar, Madaniyat vazirliklari va  Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Ushbu xalqaro tanlovni o‘tkazishdan maqsad dunyoning turli o‘lkalarida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz farzandlari orasida milliy ong, milliy g‘urur va milliy ruh tushunchalarini rivojlantirish, ularda go‘zal va betakror Vatanimiz, madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.

Shu bilan birga vatandoshlarimiz farzandlarining asrlar osha sayqallanib kelayotgan, o‘ziga xosligimizni namoyon etadigan madaniy merosimizni, xalqimizning tarixini, azaliy udumlarini, milliy o‘zligini asrashga qaratilgan saʼy-harakatlari rag‘batlantiriladi, maʼnaviy qo‘llab quvvatlanadi.

Tanlovda xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan farzandlari hamda xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talaba yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ikki yosh toifalari - 15 yoshdan 20 yoshgacha va  20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkaziladigan tanlov uch bosqichda tashkil etiladi.

Taqdim etilayotgan materiallar O‘zbekiston madaniy merosi, tarixi, madaniyati va sanʼati, muqaddas qadamjolarimiz, tarixiy obidalar, madaniy obyektlar, milliy anʼana va urf-odatlarni targ‘ib qilishga oid bo‘lishi kerak.

Materiallar va  fotosuratlar  faqat yangi — OAV, internet veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida yoritilmagan va boshqa tanlovlarga yuborilgan yoki  g‘olib deb topilgan bo‘lish shart.

 Tanlovda taqdim etilgan ishlar malakali hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hayʼati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

G‘oliblarga har bir yosh toifasi bo‘yicha “O‘zbekiston madaniy merosi” nomli fotosuratlar onlayn-tanlovining Bosh sovrini va diplomi, oltin medal va 1-darajali diplomi, kumush medal va 2-darajali diplomi, bronza medali va 3-darajali diplomi hamda tanlov tashkilotchilari tomonidan taʼsis etilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlovning to‘liq  shartlari va nizomi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining http:/www.art-academy.uz rasmiy saytida tanishishish mumkin.

Mavzuga oid

O‘zbek xalqining buyuk ajdodlari va ula...

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Ukrain...

Yetuk adib Maqsud Shayxzoda haqida film ...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ozarbayjon madaniyat markazi va “First art media” studiyasi...

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida O...

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Kulolchilik ixtisoslashgan markazining qurilishiga ...

So`nggi yangiliklar