Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Iyul/2022   Ta'lim

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish davom etmoqda

TOSHKENT, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1000ta o‘rindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi telegram-kanali maʼlumotiga ko‘ra, xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15- iyuldan 5- avgustga qadar my.dtm.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)» bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi, deyiladi manbada.

 

Mavzuga oid

Kuzbass davlat texnika universitetida ta...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Kuzbass davlat texnika universitetida tahs...

Kuala-Lumpurda islom moliyasi sohasida m...

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov “INCEIF” xalqaro islom moliyasi uni...

Podshoh Saud universiteti rektori: O‘zbe...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va dipl...

So`nggi yangiliklar