Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   COVID-19

Xorijga ketayotgan isroilliklar COVID-19 bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan olti mamlakatga bormaslik yuzasidan tilxat beradi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Xorijga uchib ketayotgan Isroil fuqarolari COVID-19 bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan olti mamlakatga, shu jumladan, Rossiyaga bormaslik yuzasidan tilxat berishi lozim bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kommersantʼ” gazetasining maʼlum qilishicha, “Jahonda koronavirusning “delta” shtammi (COVID-19 hind mutatsiyasi) tarqalib borayotgani bois Isroil hukumati xorijiy mamlakatlarga yo‘l olayotgan fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Xorijga uchib ketayotganlar kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan olti mamlakatga bormaslik yuzasidan tilxat berishga majbur. Bu ro‘yxatdan  Argentina, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Meksika, Braziliya va Rossiya o‘rin olgan.

Isroil hukumati tomonidan bildirilishicha, hozirgi paytda “delta” mutatsiyasining tarqalishi, isroilliklarning COVID-19 bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga borishi hamda qaytganidan keyin karantin qoidalariga rioya etmasligi juda katta xavf solib turibdi.

Gazetaning xabar berishicha, pandemiya boshlanganidan buyon Isroilda koronavirus bilan qariyb 840 ming kasallanish holati aniqlangan, 6,4 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. Joriy yil 1 iyuldan boshlab Isroil COVID-19 virusiga qarshi emlangan xorijliklarning mamlakatga kirishiga ruxsat beradi.

Mavzuga oid

COVID-19: tibbiyot muassasalarida davola...

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan insonlar soni shanba kuni 60 ming 776 nafarga yetdi....

Bishkekda kuchaytirilgan tartibdagi dezi...

Bugun, Dushanba kunidan boshlab Bishkekda kuchaytirilgan tartibdagi dezinfeksiyalash ishl...

COVID-19 ni davolash ishonchli tibbiyot...

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Germaniyadagi Ko...

So`nggi yangiliklar