Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Aprel/2021   Sanalar

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vazifalari belgilandi


TOSHKENT, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatda mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, 9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi va ularni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlandi.

9 may – Xotira va Qadrlash kuni dasturida nazarda tutilgan tadbirlar «Xotira bor ekan – millat barhayot», «Eʼtibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch» shiorlari ostida o‘tkaziladi.

Shuningdek, yolg‘iz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uylari taʼmirlanadi.

Qarorga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi va  ular respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuboriladi.

Hududlarda hokimliklar tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Toshkent shahrida «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida, viloyatlarda “Vatanparvarlar” bog‘larida bayram tadbirlari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan asosiy marosimlarga  kelib-ketishi tegishli mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

Bundan tashqari, 2021 yil 9 may soat 21.00 da Toshkent shahrida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

Mavzuga oid

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk bobokalon...

7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni

Bugun Butunjahon salomatlik kuni

Fransiyadan munosabat: Luvr muzeyidagi B...

Buyuk adib, shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining...

So`nggi yangiliklar