Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Yana bir yapon korporatsiyasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi


TOKIO, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi «IHI Corporation» korporatsiyasining marketing boshqarmasi menejeri Atsusi Yagi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Muzokaralar chog‘ida kompaniya vakili O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar va ular berayotgan salmoqli natijalar, mamlakatimizda chet ellik sarmoyadorlar, jumladan, biznes yuritish uchun  yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirildi. 
Atsusi Yagi o‘zbek tomoni bilan qo‘shma energetika loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berish, infratuzilma ob’ektlari (tunnel va ko‘priklar) qurilishida ishtirok etish yuzasidan qiziqish bildirdi. Bundan tashqari, korporatsiya elektr stansiyalarida ammoniydan foydalanish sohasidagi ishlanmalarni tadbiq etish bo‘yicha keng qamrovli faoliyat olib borayotganini hisobga olgan holda «IHI Corporation» vakili «O‘zkimyosanoat» AJ mahsulotlariga alohida e’tibor qaratdi.
«IHI Corporation» vakillari savdo-iqtisodiy munosabat ko‘lamlarini faollik bilan kengaytirishdan to O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishga qadar bo‘lgan o‘zaro hamkorlik yuzasidan qiziqish bildirdi. 
Shuningdek, yapon korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonning energetika, qurilish, transport vazirliklari bilan hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama etishga ham hozirlik bildirildi. 
 «IHI Corporation» korporatsiyasi 1853 yilda tashkil topgan. U og‘ir sanoat sohasidagi yuqori darajadagi injenerlik salohiyatiga ega bo‘lgan ko‘p qirrali ishlab chiqaruvchi korporatsiya hisoblanadi. «IHI Corporation» aviatsiya dvigatellari, sanoat va umumiy foydalanishda qo‘llaniladigan uskunalar, jumladan, energetika uskunalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari va dengiz inshootlari barpo etishga ixtisoslashgan. Korporatsiya Yaponiyada 15 ta, xorijiy mamlakatlarda esa 13 ta bo‘limiga ega. Uning yillik aylanmasi 13,4 milliard dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida ka...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ko‘magida Xitoyning «Jing Lian Cable Co. Ltd.» kompa...

Saudiyalik hamkorlar bilan oziq-ovqat xa...

Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi tomonidan vakolatxona rahbari Ulug‘bek...

«Loyihalar fabrikasi»ni rivojlantirishda...

BAA Vazirlar Mahkamasi va kelajak ishlari bo‘yicha vazirligining yetakchilik hamda davlat ...

So`nggi yangiliklar