Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Dekabr/2021   O’zbekiston bilan tanishing

Yangi yilda Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlaridan Rossiyaning qator shaharlariga qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

 TOSHKENT, 30 dekabr. /“Dunyo” AA/. «Uzbekistan Airways» AJ Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlaridan mintaqadan Rossiya shaharlariga aviaqatnovlarni kengaytirish uchun foydalanadi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Aviakompaniya maʼlumotiga ko‘ra, 2022 yil 31 yanvardan Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar Full Economy (to‘liq ekonom-klass) tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni paytda Farg‘ona xalqaro aeroporti Moskva, Qozon va Istanbulga reyslarni amalga oshirmoqda, bu “Sharqiy” uzelini tashkil etishning birinchi bosqichi hisoblanadi.

Xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlanib, Namangandan parvozlar boshlanganidan so‘ng aviakompaniya uchinchi bosqich – Farg‘onadan parvozlar sonini ko‘paytirishni boshlaydi.

Mavzuga oid

Xitoydan qutlov: Navro‘z bayramining nis...

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Xitoyda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ha...

Yangi yilda Namangan va Farg‘ona xalqaro...

«Uzbekistan Airways» AJ Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlaridan mintaqadan Rossiya sh...

So`nggi yangiliklar