Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Yapon kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qishloq xo‘jaligi sohasida vaqtincha ish bilan ta’minlaydi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning «Relationship, Inc» kompaniyasi prezidenti Sunkichi Teraoka bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar  bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida yapon tomoni  kompaniya vakillarining sentabr oyida O‘zbekistonga safari chog‘ida O‘zbekiston mehnat va bandlik vazirligining Tashqi migratsiya agentligi va «Turon world cooperation» xususiy  bandlik agentligi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida Hamkorlik memorandumlari imzolanganini ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu safar davomida  Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan kechgan muloqotda tashqi migratsiya, investitsion va savdo-sotiq masalalari bo‘yicha hamorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olinganligi ta’kidlandi.  

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda esa talabalarni mehnat amaliyotlarini Yaponiya fermerlar uyushmalarida o‘tash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgani aytib o‘tildi.

Muzokaralar chog‘ida yapon korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida vaqtinchalik mavsumiy ishlarga jalb etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yapon tomoniga O‘zbekistondagi mehnat resurslari salohiyati, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi.

Imzolangan Hamkorlik memorandumlariga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tanlov asosida Yaponiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik ma’ruzachilar savollarga ...

Tadbir doirasida O‘zbekiston, Bolgariya, Qozog‘iston, Ruminiya, Sloveniya, Ukraina va Xorv...

Malayziyada istiqomat qilayotgan vatando...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekistonning savdo va investitsion salohiyatini riv...

Janubiy Koreyaning sanoat chiqindilarini...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari «KC Green Materials» kompaniyasi bilan muzo...

So`nggi yangiliklar