01/Dekabr/2022 Investitsiyalar
TOKIO, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Tokioda O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafoyevning Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Nobumitsu Xayasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
JBIC bilan hamkorlik yillari davomida qiymati 2,6 milliard dollardan ziyod hajmdagi 11 ta loyiha hayotga tadbiq etildi, uning 1,4 milliard dollarini bankning krediti tashkil etadi.
Yaponiya tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda Markaziy Osiyo investitsiya forumi ishini tashkil etishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuvda energetika, kimyo, AKT va boshqa sohalarda ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilma loyihalari bo‘yicha bank bilan tizimli ishlarni davom ettirish muhimligi muhokama qilindi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha “IDiEf”, «Sodjits Korporeyshn», «Kyuden Interneyshnl» i “Nebras” kompaniyalari ishtirokida Sirdaryo bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga 500 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish masalasi yuzasidan kelishuvga erishildi.