Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Iqtisodiyot

Yaponiya bozoriga O‘zbekistonda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va mevalar eksportini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda


TOKIO, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov «I‘M Corporation», «Tokura Shoji», «Kanto Shoji» va «Global Silkroad» kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Muloqot davomida mamlakatimizdan Yaponiya bozoriga turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, quritilgan va  ho‘l mevalarni eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

«I‘M Corporation» kompaniyasi prezidenti Ito Xiroyuki O‘zbekistonda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatiga yuqori baho berdi. U o‘zi egalik qiladigan qandolatchilik fabrikasida mamlakatimizdan keltirilgan quruq mevalardan foydalangan holda turli xil shirinliklar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

«Tokura Shoji» va «Kanto Shoji» kompaniyalari rahbarlari Masaxaru Sugiye va Yoshikazu Kaneko O‘zbekistondan olib kelingan quruq mevalardan tayyorlanayotgan non va qandolat mahsulotlarni mijozlarga taqdim etib, mamlakatimizni yapon xalqiga keng tanitish niyatida ekanini bildirdi. «Tokura Shoji» kompaniyasi vakili Masaxaru Sugiye ushbu mahsulotlarning “Rakuten”, “Amazon”, «Yahoo Store«, “Mamapan” kabi Yaponiyada mashhur onlayn-platformalarda sotuvini yo‘lga qo‘yganini va mijozlar ularga katta qiziqish bildirayotganini taʼkidladi.

«Global Silkroad» kompaniyasi prezidenti - vatandoshimiz Bunyodbek Ibragimov Yaponiya bozoriga yiliga 60 tonnadan ziyod quruq meva eksporti yo‘lga qo‘yilganini hamda kelasi yilga bu ko‘rsatkichni 100 tonnaga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.

Yaponiya vakillari bilan mazkur sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning 2022 yil yanvar oyida O‘zbekistonga amaliy safarini hamda Nagoya shahrida qo‘shma tadbirlar, jumladan biznes seminar, vebinar, davra suhbatlari va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida 6 noyab...

Qashqadaryo viloyati tashqi savdo aylanm...

Joriy yilning birinchi choragida Qashqadaryo viloyati tashqi savdo aylanmasining umumiy ha...

O‘zbekistonda “UzAssets” investitsiya ko...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xususiylashtirish jarayonlarini takomilla...

So`nggi yangiliklar