Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Oktabr/2021   Jamiyat

Yaponiyada 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan chellenj e’lon qilindi


TOKIO, 8 oktabr. /«Dunyo» AA/. 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini Yaponiyada keng nishonlash maqsadida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan o‘zbek tilini targ‘ib etishga bag‘ishlangan chellenj tashkil qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Yapon fuqarolari ushbu chellenjda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Yaponiyadagi O‘zbekiston Yoshlari jamiyatining faol a’zosi Nisizava Satoru ushbu aksiyaga Alisher Navoiy g‘azallaridan namuna o‘qish bilan qo‘shildi. O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining farzandlari ham chellenjda faollik ko‘rsatmoqda. Ular O‘zbekiston qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasini aytib  berdi.
 O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, 11 oktabr kuni Tokio chet tillar universitetida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan davra suhbati va 19 oktabr kuni elchixonada faol vatandoshimiz Nodira Aminova tomonidan yapon tiliga tarjima qilingan «Zumrad va Qimmat» ertagining sahnalashtirilgan namoyishi rejalashtirilmoqda.  
Bundan tashqari, 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan boshqa qator tadbirlar va yapon tilshunoslari ishtirokida onlayn-konferensiya tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Xitoy elchisi O‘zbek tili bayrami munosa...

Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan 21 oktabr – O‘zbek tili b...

Inha talabasi Daun sindromi bilan tug‘il...

Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-kurs talabasi Sevinch Mahmudovaning ixtirosi «O‘zb...

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya ...

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari faoliyati qo‘llab-quvvatlash yan...

So`nggi yangiliklar