Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Oktabr/2021   Sayyohlik

Yaponiyada O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


TOKIO,  15 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyati bilan hamkorlikda yapon jamoatchiligini respublikamizdagi mavjud buddaviylik madaniy yodgorliklari bilan tanishtirish maqsadida “Yomiuri” madaniyat markazida «Buyuk ipak yo‘li: O‘zbekistonning buddaviylik yodgorliklari» mavzusida seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlanishiga xizmat qilganiga alohida eʼtibor qaratdi. Umumiy tarixiy ildizlar mavjudligining tasdig‘i sifatida buddizm Yaponiya orollariga O‘zbekiston hududida orqali yetib borgani taʼkidlandi.

Shu o‘rinda o‘zbek va yapon xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan, o‘zining 50 yildan ortiq umrini O‘zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasini o‘rganishga bag‘ishlagan, “Do‘stlik” ordeni sohibi, professor Kyudzo Katoning fidokorona faoliyati to‘g‘risida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.

Shuningdek, professor Kyudzo Kato Fanlar akademiyasi va O‘zbekistonning boshqa ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda 28 yil davomida Surxondaryo viloyati buddaviylik yodgorliklarini o‘rganish maqsadida arxeologik qazishmalar olib borgani va olim tomonidan topilgan noyob buddaviylik madaniyatiga oid buyumlar muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Tadbirda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti ham o‘tkazilib, unda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, chet ellik sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga mamlakatda xavfsiz sayohat qilishi uchun tizimli chora-tadbirlar ko‘rilganligiga alohida eʼtibor qaratildi. Taqdimotda ishtirokchilar eʼtiboriga Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati va boy tarixi taqdim etildi.

Bundan tashqari, 2014-2018 yillarda O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma ilmiy ekspeditsiyasi rahbari bo‘lgan, ko‘p yillar davomida o‘zbek olimlari bilan birgalikda O‘zbekiston janubidagi qadimiy buddaviylik yodgorliklarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Rishshyo universiteti faxriy professori Xaruki Yasuda Surxondaryo viloyati hududida olib borilgan qazishmalar va tadqiqotlar natijalari haqida maʼruza qildi.

Anjumanda, shuningdek, yurtimiz sayyohlik salohiyati haqida videoroliklar namoyish etildi, arxeolog Kyudzo Katoning hayoti va faoliyati haqida yaponi tilida tayyorlangan bukletlar hamda yapon olimlari ishtirokida nashr etilgan O‘zbekiston haqidagi broshyura tarqatildi.

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mavzuga oid

Agra shahrida tashkil etilgan onlayn-for...

Agrada Hindistonning xorijiy mamlakatlar bilan tarixiy-madaniy aloqalari, ularning bugung...

Urgutda turizm qishlog‘i va klasteri tas...

Samarqand viloyati Urgut tumanida Qoratepa-Omonqo‘ton tog‘ turizmi klasteri tashkil etilad...

BAAda vatandoshimiz O‘zbekiston turizm ...

Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi vatandoshimiz O‘zbekiston haqidagi Javlon Po‘latov...

So`nggi yangiliklar