Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Mart/2021   Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Yaponiyada «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi


TOKIO, 1-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan onlayn-brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalar xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayogan islohotlar,  xususan 2020 yilda ichki va tashqi siyosatda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.  Bundan tashqari, 2021 yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida» Davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

COVID-19 pandemiyasi paytida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, virus tarqalishini oldini olishga qaratilgan hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va ishbilarmon doiralarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ko‘rilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Brifingda O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlashni yana-da takomillashtirish va taʼlim tizimini mustahkamlashga oid davlat siyosati, shuningdek, maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi va oliy o‘quv yurtlari oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida xabar berildi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil o‘zgarishlarga katta qiziqish bildirdi. Islohotlar jarayonining shaffofligi va samaradorligi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va davlatning ijtimoiy hayotini modernizatsiya qilinayotganini taʼkidladi.

Yaponiya tomoni, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘rilgan muhim chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligin...

Yaponiyada «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi ...

So`nggi yangiliklar