Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2022   Mustaqillikka 30 yil

Yaponiyadagi o‘zbek milliy raqs maktablari faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

TOKIO, 4-avgust. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganligining 30 yilligini keng nishonlash tadbirlari doirasida mamlakatimizning Tokiodagi diplomatik vakolatxonasida Kunchiqar mamlakatda faoliyat yuritib kelayotgan “O‘zbegim” va “Guliston” o‘zbek milliy raqs ansambllariga o‘zbek milliy liboslarining taqdim etilishiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tdi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirni ochar ekan, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi M.Abdurahmonov ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi bilan barchani qutladi. U “O‘zbegim” va “Guliston” o‘zbek milliy raqs ansambllari ko‘p yillardan beri ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va yapon  jamoatchiligi vakillarini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va milliy madaniyati bilan yaqindan tanishtirishga munosib hissa qo‘shib kelayotganini  taʼkidladi.

Elchi mazkur raqs ansambllari vakillarining Yaponiyadagi “madaniyat elchilari” sifatidagi faoliyati mamlakatimiz hukumati tomonidan yuqori baholanayotganini maʼlum qildi. Raqs ansambllari aʼzolariga Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magida o‘zbek milliy raqs liboslari taqdim qilinayotgani buning yaqqol dalili ekanligini taʼkidladi.  

Marosimda “O‘zbegim” raqs ansambli badiiy rahbari Takeuchi Ayko xonim so‘zga chiqib, O‘zbekiston hukumati tomonidan jamoa faoliyati muntazam qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. U hozirgi paytda Yaponiyada o‘zbek xalqi madaniyati, jumladan, milliy raqslariga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani, shu bois ansambl qoshidagi raqs maktabi tarbiyalanuvchilari orasida yoshlarning soni ortib borayotganligini maʼlum qildi.  

O‘z navbatida, “Guliston” raqs ansambli badiiy rahbari Sato Akiko ham taqdim qilingan milliy liboslar uchun minnatdorchilik bildirar ekan, O‘zbekiston hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday eʼtibor va ko‘mak madaniy jamoa aʼzolarini yana-da ruhlantirganini aytdi.

Shundan so‘ng O‘zbekistondan keltirilgan 39 to‘plam Samarqand, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona raqs maktablariga xos bo‘lgan liboslar o‘z egalariga topshirildi.

Kezi kelganda qayd etish joizki, “O‘zbegim” va “Guliston” raqs ansambllari mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Yaponiyada tashkil qilinadigan “Navruz” va “Mustaqillik kuni” kabi milliy bayramlar va boshqa turli madaniy tadbirlar doirasida muntazam  ravishda o‘zbek raqslarini namoyish qilib keladi.

Ayni paytda “O‘zbegim” raqs ansambli qoshida 20 nafardan ortiq yaponlarning jajji farzandlari o‘zbek xalq raqslarini o‘rganishmoqda.  

Mavzuga oid

Dubaydagi “Burj Xalif” inshooti va Abu-D...

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Birlagan Arab Amirliklarining Dub...

O‘zbekiston Prezidenti davlatimiz Mustaq...

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda yuzdan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahb...

Sanjay Pandey: Shavkat Mirziyoyev boshch...

Sanjay Pandey: Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan 4 yil mustaqil O‘zbekistonning yang...

So`nggi yangiliklar