Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyul/2021   Sport

Yaponiyadagi vatandoshlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol turnirini Ravshan Ermatov ochib berdi


TOKIO, 30 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan futbol turnirining saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Saralash bosqichidagi birinchi o‘yinni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov ochib berdi. 
 Vatandoshlar o‘rtasida futbol turnirida jami 17 jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqaning final uchrashuvlari O‘zbekiston davlat mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida - 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 
Turnirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida elchixona tomonidan https://uz.join.football veb-sayti va @yaponiyafutbol Telegram kanali ishga tushirildi.  
 Saralash bosqichidan o‘rin olgan birinchi o‘yindan so‘ng  taniqli hakam Ravshan Ermatov ishtirokida  davra suhbati o‘tkazildi.


Unda ishtirokchilar respublikamizning yoshlarga oid davlat siyosati, vatandoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan siyosat, ularni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar bilan tanishtirildi. 


  O‘z navbatida, Ravshan Ermatov, mamlakatimizda sportni, xususan professional va havaskor futbolni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi. Bundan tashqari, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida vatandoshlar o‘rtasida «Do‘stlik» sport musobaqlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Belgiya: Yevropa markazi Bryussel shahri...

Mamlakatimizning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan Bryussel shahridagi “Cam...

O‘zbekiston va Eron yoshlar terma jamoal...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) a'zolari Tailandda bo‘lib o‘tayot...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyab...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyida Tojikiston ter...

So`nggi yangiliklar