Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Dolzarb

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi ikki qardosh respublika hamkorligini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi


TOKIO, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Markaziy Osiyo va Kavkaz ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori (Yaponiya) Tetsuji Tanaka “Dunyo” axborot agentligiga O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi: 

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi va Prezident Qosim-Jomart Toqayev bilan joriy yil 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarini olqishlaymiz.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Afg‘oniston masalasiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu mamlakat hududidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prezidentlarning bu boradagi muzokaralari, ayniqsa, bugungi murakkab vaziyatdan kelib chiqib, mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi ikki qardosh respublika hamkorligini yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik kelgusida yanada faollashadi va mamlakatlarda yaqin 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Sh...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Shvetsiyaning O‘zbe...

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida AQSH Qur...

O‘zbekiston mudofaa vazirligida mamlakatimizda bo‘lib turgan AQSH Qurolli Kuchlari Markazi...

O‘zbekiston Bosh vaziri “Do‘stlik” mahal...

O‘zbekiston Bosh vaziri “Do‘stlik” mahallasida qurilgan uylar bilan tanishdi.

So`nggi yangiliklar