Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Noyabr/2021   Dolzarb

Yaponiyadan munosabat:O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘rtasida muntazam fikr almashish mintaqa barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega

TOKIO, 19 noyabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti (JIIA) katta tahlilchisi Xironori Fushita “Dunyo” AA uchun sharhida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun Rossiyaga amalga oshirgan tashrifining ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


- O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi va Prezident Vladimir Putin bilan muzokaralarni olqishlayman.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikka tahdid va xatarlar mavjud, shu jumladan, Afg‘onistonda notinch vaziyat kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm kabi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari yuzasidan muntazam fikr almashayotgani mintaqa barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik jadallashdi, shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi. 2020 yil yakunlariga ko‘ra  davlatlararo savdo  hajmi 6 milliard dollarga yetdi. Mamlakatlar o‘rtasida savdo-investitsiya sohasida, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonda faol biznes yuritishiga ham turtki beradi.

Mavzuga oid

Misr gazetasi O‘zbekistondagi so‘nggi vo...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

BMT bilan hamkorlikni kengaytirish masal...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov bilan Birlashgan Millatlar Tas...

O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlari del...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 26 avgust kuni Qirg‘iziston Respublika...

So`nggi yangiliklar