Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Avgust/2020   Dolzarb

Yaponiyalik mutaxassis: “Yoshlar huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi keyingi harakatlar uchun yaxshi imkoniyatdir

TOKIO, 25 avgust. /«Dunyo» AA/. Shu yil 12-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan «Yoshlar 2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari» mavzusida tashkil qilingan inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi natijalari va ishtirokchilar tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyaning asosiy jihatlari xalqaro ekspertlar hamjamiyatlari e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.



Jumladan, forum ishtirokchisi — Nagoya universitetining Osiyo huquqiy almashinuv markazi (CALE) direktori Akira Fujimoto Dunyo» axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda ushbu tadbirdan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi.

— Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumida ishtirok etdim. Ushbu forumda ko‘plab taniqli shaxslar, huquqshunos va inson huquqlari sohasida ish olib boruvchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislarning barchasini hayajonlantiradigan mavzuga bag‘ishlangan nutqlar menga manzur bo‘ldi, — dedi Akira Fujimoto. — Samarqand onlayn forumida iqtisodiyot, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqidagi fikrlarga qo‘shilaman.

Shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar bilan birga, forumning maxsus suhbatida o‘z fikrlari va g‘oyalarini faol ravishda bildirgan o‘zbekistonlik yoshlarning ishtiroki ham menda ajoyib taassurot qoldirdi. Yoshlarning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan va kelgusidagi harakatlar uchun yaxshi tavsiya bo‘lgan ko‘plab takliflarni diqqat bilan o‘qib chiqdim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning chiqishi va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov ma’ruzalarida qayd etilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlayman.

Yaponiyada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Va aytishim mumkinki, O‘zbekiston hukumati inson huquqlari to‘g‘risida umumiy yondashuvni shakllantirishga katta ahamiyat qaratmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Britaniya olimlari seysmo...

Kecha mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida Markaziy Osiyoda zilzilalarni o‘rg...

Tailand parlamenti a’zosi – O‘zbekiston...

Tailanddagi yirik media resurs “Beritamuslimmag.com” saytida Tailand Milliy assambleyasi a...

Misrdan munosabat: O‘zbekiston o‘zining ...

Misrning “MENA” axborot agentligi tomonidan «Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi ...

So`nggi yangiliklar