Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2022   Ta'lim

Yel universitetida o‘tkazilgan «The World Scholar‘s Cup» tanlovida o‘zbekistonlik o‘quvchilar munosib ishtirok etdi

NYU-YORK, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 10-16 noyabr kunlari Yel universitetida (Nyu-Xeyven shahri Konnektikut shtati) o‘tkazilgan anʼanaviy «The World Scholar‘s Cup» tanlovida o‘zbekistonlik o‘quvchilar munosib ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


«The World Scholar‘s Cup» – 2006 yilda tashkil topgan tanlov bo‘lib, xalqaro jamoaviy akademik dastur sifatida faoliyat yuritadi. Har yili tanlovda 65 dan ortiq mamlakatdan 15 ming nafar vakil ishtiroki kuzatiladi.

Tanlov shartlariga muvofiq, bir nechta bosqichda g‘olib bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchilari Alisher Yusupov, Aziz Ernazarov, Iroda va Sarvinoz Hojiboyevalar AQSHga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, nufuzli Yel universitetida turli testlar, debatlar va esse yozishda 6 ta kumush medal sohibiga aylandi.

Tanlov doirasida o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun ajratilgan pavilyondan unumli foydalangan holda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti tashkillashtirildi hamda taqdimot davomida sayyohlarni jalb etishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, «10 reasons to visit Uzbekistan» va «12 reasons to visit Uzbekistan» broshyuralari tarqatildi. Eng faol taqdimot qatnashchilariga o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari sovg‘a qilindi.

Tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otgan O‘zbekiston taqdimot marosimi mahalliy OAVda keng yoritildi.

Mavzuga oid

Yaponiyaning Xirosaki universiteti va O‘...

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi xodimlari Xirosaki universiteti professorlari - Maye...

O‘zbekiston elchisi Zaporoje milliy univ...

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov Zaporoje viloyatiga xizmat safari dav...

Jahon banki Toshkent shahridagi 20-umumt...

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi i...

So`nggi yangiliklar