Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Noyabr/2022   Investitsiyalar

YETTB O‘zbekistonda irrigatsiya sektorining institutsional tuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha islohotlarni ilgari surishdan manfaatdorligini bildirdi

TOSHKENT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev kecha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay va YETTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinosni qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  uchrashuv davomida bank vakillari tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning samaradorligi yuqori baholangani barobarida energetika, infratuzilmani rivojlantirish, irrigatsiya va boshqa sohalardagi modernizatsiya jarayonlarini moliyaviy va texnik qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyati bildirildi.

YETTB uy-joy kommunal xo‘jaligi, energetika va suv taʼminotini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda keng ishtirok etayotgini ham mamnuniyat bilan taʼkidlandi. 2018 yildan hozirgi kunga qadar YETTB ushbu sohalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda 14 ta loyiha bo‘yicha bitimlarni imzoladi. Bundan tashqari, bankning yangi investitsiya portfeli qiymati 724 million dollardan oshadigan 7 loyihadan iborat.

Kelgusi tadbirlarni yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda tayyorlash va o‘tkazish doirasida ushbu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Suhbat davomida bankning «Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 118 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish» loyihasini moliyalashtirish, qiymati 200 million dollar bo‘lgan O‘zbekistonning irrigatsiya sektorining institutsional tuzilishini mustahkamlash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga qiziqishi maʼlum qilindi. Ushbu loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy loyihalarni sifatli amalga oshirish va strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish doirasida hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga sodiqligini bildirdilar.

Mavzuga oid

ITSV: Tadbirkorlarning hech bir murojaat...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar...

Toshkentda Latviya Investitsiyalar va ta...

O‘zbekiston elchisi Qadambay Sultonov Latviya Investitsiyalar va rivojlanish agentligi (LI...

Germaniya kompaniyasi biotexnologiyalar...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida Germaniyaning “BioEnergieLand” kompaniyasi...

So`nggi yangiliklar