Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Siyosat

Yevropa Ittifoqining yangi maxsus vakili Terxi Xakala: Yevropa Ittifoqida Markaziy Osiyoning pandemiyadan xoli bo‘lishga yordam beradigan ko‘plab g‘oyalar mavjud


TOSHKENT, 23-iyun.  /“Dunyo” AA/. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 21 iyun kuni YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida finlyandiyalik diplomat Terxi Xakalani tayinladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning YEIdagi missiyasi maʼlumotiga ko‘ra, Terhi Hakala 1 iyuldan o‘z vazifasiga kirishadi. Uning mandati 2023 yilning 28 fevraligacha davom etadi. U ilgari Finlyandiya tashqi ishlar vazirligining siyosiy bo‘limida ishlagan.

- Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda teng huquqli hamkor bo‘lib, mintaqa muammolarini hal etishga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi mintaqaning global koronavirus pandemiyasidan xoli bo‘lishiga yordam berish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab g‘oyalarga ega. Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilning vakolati mintaqa davlatlari va boshqa xalqaro ishtirokchilar bilan birgalikda mintaqaviy hamkorlik va barqarorlikni mustahkamlash zarurligini taʼkidlaydi. Yaqin yillarda bu avvalgidan ham muhimroq bo‘ladi, - dedi elchi Terxi Xakala o‘z vakolatiga kirishishi  munosabati bilan bergan intervyusida.

Terxi Xakala uzoq yillik  diplomatik faoliyati davomida Finlyandiyaning xorijiy mamlakatlardagi missiyalari va YEXHT tuzilmalarida yuqori lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Findlyandiyaning Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya (2004-2007), Hindiston (2009-2012)dagi elchisi, YEXHTning Gruziyadagi missiyasi (2007-2009) va Jenevadagi BMT tuzilmalarida fin missiyasiga (2016-2020) rahbarlik qilgan. Bir necha bor Finlyandiya tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqarmalarini boshqargan.

Elchi Terxi Xakala fin tilidan tashqari rus, ingliz, shved tillarini mukammal biladi.  Yevropa Ittifoqi maxsus vakili sifatida u besh yillik vakolati  30 iyun kuni tugaydigan Piter Burian o‘rnini egallaydi.

Piter Burian may oyi oxirida O‘zbekistonda xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida o‘tgan uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Piter Burianni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatidagi missiyasining muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini taʼkidladi.

Mavzuga oid

Ekspert fikri: O‘zbekiston tashabbuslar...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-yubil...

Isroil elchisi Zeavit Ben Gillel: Mamlak...

O‘zbekistonda Isroilning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Zeavit Ben-Gilel o...

Anons: Bugun O‘zbekiston Respublikasi O...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi bugun soat 10.00 ...

So`nggi yangiliklar