Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyul/2020   Siyosat

Yevropa Kengashining yuridik soha vakillari uchun inson huquqlari bo‘yicha o‘qitish dasturini joriy qilish masallari muhokama qilindi


TOShKENT, 23 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Yevropa Kengashi Inson huquqlari va qonun ustuvorligi Bosh boshqarmasining Sharqiy sheriklik va Rossiya Federatsiyasi inson huquqlari Milliy bo‘limi rahbari T. Karapetyan va Yevropa Kengashi eksperti G. Tugushi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Bosh prokuratura manbasiga asoslanib.

Uchrashuv davomida Yevropa Kengashining yuridik soha vakillari uchun inson huquqlari bo‘yicha o‘qitish dasturini (HELP) Akademiyada joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ta’lim jarayoniga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini tayyorlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu vazifalar Yevropa va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq inson huquqlari, qonun ustuvorligi va demokratiyani mustahkamlashga qaratilgan Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining «Qonun ustuvorligi dasturi –Markaziy Osiyo» mavzusidagi qo‘shma 4 yillik (2020 – 2023 yy.) loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati Raisi bilan BMTning O...

Videomuloqot avvalida H.Freyzer davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus pandemiyasi tahdi...

Lyuksemburgning «AGEFI Luxembourg» jurna...

Lyuksemburgning «AGEFI Luxembourg» moliyaviy jurnalida O‘zbekistonning Benilyuks davlatlar...

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoevning Prezident Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali...

So`nggi yangiliklar