Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Noyabr/2021   Eksklyuziv

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Shinas: O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining uzoq yillik hamkori

TOSHKЕNT, 25-noyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Muzokaralar yakunida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Agentlik muxbiriga bergan intervyusida YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning buguni holati haqidagi firklarini  izhor qildi.

- Bugun tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Uchrashuv davomida ««O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining 16-yig‘ilishi va «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi 17-vazirlar uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokara jarayoniga oid masalalarni muhokama qildik.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining uzoq yillik hamkori hisoblanadi, bugungi tashrifim esa o‘zaro munosabatlarimiz jadallashayotganining tasdig‘idir.

Shuningdek, Afg‘oniston muammosi bo‘yicha samarali hamkorlik, ayniqsa, chet el fuqarolarini O‘zbekiston orqali evakuatsiya  qilish bo‘yicha ko‘mak uchun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga shaxsan minnatdorlik bildiraman.

Mavzuga oid

Sharlotta Adrian: Yevropa Ittifoqi O‘zbe...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov ...

Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqom...

Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi...

Taufik Jelassi: Toshkent deklaratsiyasid...

YUNESKO Bosh direktorining aloqa va axborotlashtirish sektori yordamchisi Taufik Jelassi “...

So`nggi yangiliklar