Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Media

Yevropa parlamentida «Yevropa Ittifoqi - O‘zbekiston» do‘stlik guruhi o‘z faoliyatini boshlagani maʼlum qilindi


BRYUSSEL, 5-may. /“Dunyo” AA/. «Bryussel - O‘zbekiston» do‘stlik guruhi veb-sahifasida «Bryusselda  «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stlik guruhi tuzildi» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Maqolada taʼkidlanishicha, joriy yil 29 aprel kuni Yevropa parlamentida «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stlik guruhi ish boshlagani munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Yevropa parlamenti deputatlari Richard Charneski («Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stlik guruhining taʼsischi raisi), Ipek Tekdemir (Do‘stlik guruhi bosh kotibi), Ilxan Kyuchyuk, Fulvio Martushello, shuningdek, Yevropaning tashqi faoliyat xizmati boshqaruvchisi o‘rinbosari Lyuk Devin, tahlilchilar, biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov va Vazirlar Mahkamasining Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov qatnashdi.

Maqolada taʼkidlanishicha, «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stlik guruhi - bu Yevropa va o‘zbek siyosatchilari, ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqini bir-biriga yaqinlashtirish uchun yuqori darajadagi muloqotni taʼminlaydigan minbardir.

«Do‘stlik guruhi O‘zbekistonning geostrategik pozitsiyasidan kelib chiqadigan muhim masalalarni tahlil qilish va taʼkidlashni hamda O‘zbekistonni yana-da keng doirada ko‘rib chiqishni maqsad qilgan. O‘zbekistonning Yevropa bilan rivojlanib borayotgan munosabatlari ana shunday masalalar sirasiga kiradi. Ushbu masalalar fuqarolik jamiyati va biznesning keng ishtirokida madaniyat va «mayin diplomatiya» sohasidagi tadbirlar doirasida tahlil qilinadi va muhokama etiladi», deb yozadi manba.

Maqola so‘ngida «betaraf maqomga ega bo‘lgan «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stlik guruhi Yevropa parlamentining barcha aʼzolari uchun ochiq» ekanligi taʼkidlangan.

Mavzuga oid

Yaponiyaning “Fugaku” superkompyuteri bi...

Yaponiyaning Tabiiy fanlar davlat institutining (Riken) “Fugaku” superkompyuteri dunyodagi...

«Al Ittihad» gazetasida O‘zbekiston-BAA ...

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning «Al Ittihad» gazetasida ikki davlat o‘rtasidagi parl...

Ispaniyadan munosabat: Navoiy Migel Ser...

Ispaniyaning yetakchi nashrlaridan biri «Diario Arbat» gazetasining onlayn versiyasida (di...

So`nggi yangiliklar